«Barselona»ning qanot o‘yinchisi Lamin Yamal klub tarixida barcha musobaqalarda 50 gol urishga erishdi. O‘yinchining yubiley goli bugun Rayo Valyekano darvozasiga 21-daqiqada kiritildi. Ispaniyalik futbolchi 50 ta to‘g‘ri zarbani 19 yosh va 49 kundan so‘ng amalga oshirdi – bu uchun unga atigi 154 o‘yin kerak bo‘ldi. Shuningdek, u 52 ta assist ham qayd etdi.
Bugungi gol Lamin Yamal uchun joriy mavsumdagi birinchi gol bo‘ldi. O‘tgan mavsumda u 45 o‘yinda 24 marotaba raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
LiveResult portali «Barselona» va Rayo Valyekano o‘rtasidagi o‘yinning matnli translyatsiyasini taqdim etmoqda.
