Hujumchi yarimhimoya o'yinchisi Fermin Lopes braziliyalik Rafinya Diasning hujumchi sifatidagi o'yini haqida fikr bildirdi.

«Rafinyaning moslashuvi ajoyib o'tdi. Hech kim u shuncha tezda moslashishini kutmagan edi, chunki u ilgari hech qachon bu pozitsiyada o'ynamagan. Bizdan ikki hujumchi ketdi, shuning uchun ham Rafinya shuncha gol urmoqda. Lekin gollar — bu butun jamoaning mehnati. Hozirda Rafinya ajoyib darajada», — deya Ferminning so'zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

Joriy mavsumda 29 yoshli Rafinya barcha musobaqalarda sakkiz o'yinda qatnashib, 14 ta gol urdi va uchta golli uzatma berdi.