Madriddagi Realning murabbiyi Jozef Mourinyo markaziy himoyachi Din Xuyysen o'yini haqida fikr bildirdi.
21 yoshli futbolchi 21-noyabr kuni Malaga ustidan (4:0) «quruq» g'alaba qozonishda Realga yordam berdi, o'yin davomida oxirigacha maydonda bo'ldi.
«Men Xuyyseni yoqtiraman. U hujumlarni boshlaydi, faqat yarim himoyachilar bajara oladigan paslar beradi, u kurashlarda g'alaba qozonadi va jamoa do'stlariga ishonch bag'ishlaydi. U o'yin boshida xato qildi, lekin keyin maydonda hukmronlik qildi.
Men himoyachilarni yaxshi ko'raman, ular yaxshi himoya qilishadi. Agar ular to'p bilan ham nozik ish tutishsa, bu juda ajoyib. Xuyysen ajoyib himoya qiladi – hozir bu eng muhim narsa», – dedi Mourinyo matbuot anjumanida.
