«Barselona» himoyachisi Erik Garciya «Zolotoy myach» Lamine Yamalga yoki boshqa bir ispaniyalik futbolchiga berilishi kerak deb hisoblaydi.
- Mening fikrimcha, «Zolotoy myach» Lamine yoki har qanday ispaniyalik futbolchiga berilishi kerak. Ammo bu holatda men Lamine deb o'ylayman, - deydi futbolchi Marcaga bergan intervyusida.
Yamal 2026 yilgi «Zolotoy myach» uchun 30 nafar nomzodlar ro'yxatiga kiritilgan. Mukofot taqdimoti 26 oktyabr kuni Londonda bo'lib o'tadi.
O'z navbatida, Yamal so'nggi paytlarda «Zolotoy myach»ga bo'lgan imkoniyatlari haqida bir necha bor gapirgan. U «Barselona» va Ispaniya terma jamoasidagi muvaffaqiyatli mavsumdan so'ng, o'zini nomzodlardan biri deb hisoblaydi.
