Ispaniyaning Onda Cero radiosi jurnalisti Inyigo Taberna Euro-Futbol.Ru nashriga bergan eksklyuziv intervyusida «Real Sositad» va Arsenal yarimhimoyachisi Zaharyanning harakati haqida fikr bildirdi.
«Men buni ko'rmadim, lekin boshqa hamkasblarim ko'rishdi. Bunda hech qanday shubha yo'qki, aynan shunday bo'lgan. Klub tomonidan qandaydir jazolar bo'lishi haqida bilmayman. Mataraczo keyingi matbuot anjumanida o'z harakati haqida nima deb o'ylayotganini bilishimiz kerak. Jurnalistlar va muxlislar uni juda tanqid qildilar. Professional bunday harakat qilmasligi kerak. Bu jamoa a'zolariga va murabbiyga nisbatan hurmatsizlikdir», — dedi Taberna.
Avvalroq, OAVda rus yarimhimoyachisi «Espanyol»ga qarshi o'yin davomida oxirgi almashtirish uning uchun emasligini bilib, bosh murabbiy bilan janjallashib, oxirgi sirenaga qadar kiyinish xonasiga ketib qolganligi haqida xabar berilgan edi.
