Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe jarohati sababli Fransiya terma jamoasi yig'inini tark etmoqda.

«Uch ranglilar» kapitanining 54-daqiqada Turkiyaga qarshi o‘tkazilgan Millatlar ligasidagi o‘yinda (1:0) gol urganidan so‘ng, 59-daqiqada jarohat olib, maydonni tark etdi.

«Kilian Mbappe gol urish jarayonida tizzasini jarohatlab oldi. Uning tendonida jarohat aniqlangan, shuning uchun u terma jamoadan chetlatildi. Tezda sog‘ayib keting, Kilian», deb aytilgan Fransiya terma jamoasi matbuot xizmatining xabarida.

Yaqin kunlarda 27 yoshli hujumchi Madridga qaytadi va tiklanish muddatini aniqlash uchun qayta tekshiruvdan o‘tadi.