Madriddagi Real jamoasining bosh murabbiyi Jozef Mourinyo jamoadan butun mavsum davomida mukammal natijalar kutmaslikni so‘radi.
«Suvli» jamoa Malagani (4:0) ishonch bilan mag‘lub etdi va La Ligada uchta turdan so‘ng to‘qqiz ochko bilan turnir jadvalini boshqarib turibdi.
«Qiyin paytlar keladi: biz yutqazishimiz va jarohatlardan azob chekishimiz mumkin, sizning tanqidlaringiz haqiqat bo‘ladi, muxlislar bizni qarg‘aydi. Bularning barchasi kelishini bilaman. Aynan shunday paytda biz mustahkam bo‘lishimiz, kurashni davom ettirishimiz va qiyin davrning butun mavsumni buzishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak», – dedi Mourinyo matbuot anjumanida.
4 sentyabr kuni madriddagi buyuk jamoa Betisga qarshi safarda o‘ynaydi.
