«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoani yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin kuchaytirish imkoniyati haqida fikr bildirdi.

- Men o'z jamoamdan mamnunman, qo'limda bor jamoa bilan juda mamnunman. Deku transferlar ustida ishlamoqda va agar u jamoani kuchaytirish imkoniyatiga ega bo'lsa, aynan shu bilan shug'ullanadi. Lekin bizga hech qanday bosim yo'q. Bu faqat biz kuchayishimiz mumkinmi yoki yo'qligiga bog'liq, - deydi murabbiy The Touchline sahifalarida.

Oldinroq Flik, kataloniyaliklar yangi markaziy hujumchini qo'lga kiritish imkoniyatini ko'rib chiqayotganini aytgan edi, ammo klub har qanday narxda transfer amalga oshirish niyatida emas.

Ommaviy axborot vositalarida «Barselona» Xulian Alvarezni qo'lga kiritmoqchi ekanligi haqida ma'lumotlar tarqalgandi, ammo «Atletiko» futbolchini kataloniyaliklarga sotmoqchi emas.