«Barselona» futbolchisi Lamin Yamal bir necha yildan beri «Zolotoy myach»ni olishga haqli ekanligini ta'kidladi.
- Haqiqatan ham, nafaqat bu yil, balki avvalgi yillarda ham men «Zolotoy myach» darajasida o'ynadim. Bu jarayon bir necha yildan beri davom etmoqda. Buni hamma biladi. Ular bilishadi, men o'yinlarni o'zgartira oladigan futbolchiman. O'ylaymanki, ba'zilar shunday deb o'ylashadi: «Lamin faqat 19 yoshda, u kelajakda bu mukofotni qo'lga kiritadi, shuning uchun hozir uni boshqa biror kishiga berish mumkin». Menda esa g'alaba qozonish, g'alaba qozonish va yana g'alaba qozonishdan boshqa yo'l yo'q. Bir kun keladi, hech qanday bahs bo'lmaydi. Albatta, meni sevuvchi odamlar bo'ladi, boshqalari esa: «U qanchalik zerikarli» deydilar. Bu normal, - deydi Yamal The Touchline'ga.
Zolotoy myach taqdirlash marosimi 26-oktabrda Londonda bo'lib o'tadi.
