Hujumchi «Atletiko» Madrid Xulian Alvarez kelasi haftadan boshlab umumiy guruhda mashg'ulotlarga qo'shiladi. Buni Ispaniyaning Marca gazetasi xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, bir necha kun jamoa mashg'ulotlaridan chetda qolgan Alvarez, bu yozda «Barselona»ga o'tish orzusi amalga oshmaydi, deb tushunib yetdi. Endi futbolchi umumiy guruhga qaytishni rejalashtirmoqda, chunki u Londonning «Arsenal» klubiga o'tish variantini hali ham ko'rmayapti.

Eslatib o'tamiz, Alvarez Sevilyaga qarshi o'yinda «Atletiko»ning ro'yxatiga kiritilmagan, chunki u bir necha mashg'ulotni o'tkazib yuborgan. Ispaniya chempionatining uchinchi turidagi uchrashuv «matrasniklar»ning 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

26 yoshli Alvarezning «Atletiko» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan.