«Barselona» yarimhimoyachisi Gavi jarohatlar bilan qanday kurashgani haqida gapirdi. Futbolchining so'zlariga ko'ra, u psixologga murojaat qilmagan, lekin buni qilishni xohlaydi.

«Psixologga murojaat qilish har doim foydali. Qanday holatda bo'lishingizdan qat'i nazar, bu muhim. Men ilgari psixologga bormaganman, lekin bormoqchi edim. Men o'zimi oilaviy muhitda izolyatsiya qildim va bu juda yordam berdi», - dedi Gavi «Men's Health» jurnaliga bergan intervyusida, ispaniyalik Sport nashrida keltirilgan.

«Barselona» La Ligada yettinchi turdan so'ng 21 ochko to'plab, ishonchli ravishda yetakchilik qilmoqda. Xans-Diter Flik jamoasi 10-oktabrda «Xetafe»ga qarshi o'yin o'tkazadi.