Madriddagi Atletiko qanot o'yinchisi Aleks Baena joriy mavsumni juda muvaffaqiyatli boshladi.
25 yoshli futbolchi Sevilyaga qarshi o'yinda ikki gol urib, jamoasining 3:1 hisobidagi g'alabasida muhim rol o'ynadi. Shunday qilib, jahon chempioni joriy La Liga musobaqasida uch turda uchta gol urdi, bu esa o'tgan mavsumda 27 o'yinda urgan ikki golidan ko'pdir. Shuningdek, ispaniyalik futbolchi bu mavsumda bir marta assist ham berdi.
Aleks Baena o'tgan yilning yozida Vilyarrealdan 42 million evro evaziga «Atletiko»ga o'tdi.
Diego Simeone boshqaruvidagi jamoa Ispaniya chempionatida 9 imkoniyatdan 7 ochko to'plab, turnir jadvalining yuqori qismida joylashgan. 5 sentyabrda madriddiklar Atletik Bilibao bilan safarda o'yin o'tkazishadi.
