Argentinalik hujumchi Xulian Alvarez «Atletiko»da qoladi va «Barselona»ga o'tmaydi. Buni «matraschilar»ning bosh direktori Xil Marin ma'lum qildi.

U hujumchining «Atletiko»da karerasini davom ettirishiga kafolat berdi.

«Men futbol olamida 30 yildan ortiq vaqt davomida faoliyat yuritaman. Mening so'zlarim - bu men uchun eng muhim narsalardan biri», - dedi Marin. «Men bosh direktor lavozimini egallab turganimda, Xulian Alvarez «Barselona»ga o'tmaydi. Bu to'liq kafolatlangan», - deya Fabrizio Romano so'zlarini keltirdi.

Oldinroq «Barselona»ning vitse-prezidenti Rafa Yuste Marinning kataloniyaliklarning noetik xulq-atvori haqidagi so'zlariga keskin javob berdi.