«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoaning La Liga doirasidagi «Atletik» Bilbao ustidan 2:0 hisobidagi g'alobasi haqida fikr bildirdi.

Kataloniyaliklar har bir bo'limda bitta gol urdilar: 37-daqiqada hisobni Rafinha Dias ochdi, 82-daqiqada esa Fermin Lopes final natijasini belgiladi.

«Har doim «nol» o'ynash muhim, lekin gol urish ham kam emas. Bugun bizda ko'p imkoniyatlar bo'ldi, jamoadan mamnunman. Biz to'pni yaxshiroq ushlab turishni o'rganishimiz kerak.

Men alohida o'yinchilar haqida gapirishni yoqtirmayman. Bizning jamoaviy o'yinimiz menga yoqdi. Hisob kattaroq bo'lishi mumkin edi, lekin bizga kuchli raqib qarshi turdi. Umuman olganda, biz hamma narsani nazorat qildik va ajoyib ko'rindik. Oxirida charchoq sezildi, lekin bu normal holat», – deydi Flikning so'zlarini BarcaTimes etkazmoqda.

«Barselona» La Liga turnir jadvalida 6 ochko to'plab, 7:0 gol farqi bilan birinchi o'rinda turibdi.