«Barselona» jamoasi yangi futbolchi bilan to'ldirildi – u xorvat darvozaboni Dominik Livakovich. Tegishli ma'lumot «ko'k-qizillar»ning rasmiy saytida e'lon qilindi.
31 yoshli darvozabon 2030 yilning iyunigacha mo'ljallangan mehnat shartnomasini imzoladi. Avvalroq, turk «Fenerbahche» klubi darvozabonni ispaniyalik klubga sotgani uchun to'rt million evro bonuslar bilan oladi, deb xabar berilgan edi.
O'tgan mavsumda Livakovich 19 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol o'tkazib yubordi. Sakkizta uchrashuvda darvozasi daxlsiz qoldi.
«Barselona»ning Ispaniya La Ligasi doirasidagi keyingi o'yini bugun, 27-avgustda bo'lib o'tadi. Raqib – Bilbaodagi «Atletiko» jamoasi.
