«Real Sociedad»ning matbuot kotibi Yon Ander Munduate, Rossiyalik yarimhimoyachi Arsen Zaharyanning «Real»ga qarshi o'yinda maydonga tushmaganini izohladi.

«Arsen Zaharyan «Real»ga qarshi o'ynamadi, bu murabbiylar shtabining qarori. U o'ynashga to'sqinlik qiluvchi hech qanday jarohatga ega emas», — dedi Munduate «Euro-Futbol.Ru» tarmog'iga bergan eksklyuziv izohida.

Ispaniyaning La Liga birinchi turida kechiktirilgan o'yinda «Real Sociedad» Madridning «Real»iga 1:4 hisobida mag'lub bo'ldi. Zaharyan butun o'yin davomida zaxira o'yinchilari o'rindig'ida o'tirdi.

29-avgustda «Real Sociedad» «Espanyol»ni qabul qiladi. Uchinch tur o'yini Moskva vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.