Madriddagi Realning bosh murabbiyi Jozef Mourinyo fransuz hujumchisi Kilian Mbappening o'yin uslubi haqida fikr bildirdi.
Chorshanba kuni fransuz hujumchisi Mbappe La Ligada «Real Sositad»ga qarshi o'yinda xet-trik qayd etdi (4:1).
«Mbappe – bu faqat gol uruvchi emas. U butun jamoa unga imkoniyat yaratishini kutmaydi, balki o'yinda juda faol. U juda ko'p ishtirok etadi», – dedi Mourinyo, «Santiago Bernabeu»da 13 yildan so'ng ilk bor «oq ko'ylaklilar»ni boshqarib o'tkazgan matbuot anjumanida.
Kilian Mbappe 2024 yilda «PSJ»dan «Real»ga o'tganidan beri 105 o'yinda 89 gol va 12 assist qayd etdi.
