Saudiya Arabistonining «Al-Nassr» jamoasi hujumchisi Joao Felish «Barselona»ga qaytishni xohlaydi. Bu ma'lumotni Diario Sport e'lon qildi.

Manbaning xabariga ko'ra, Felish «Al-Nassr» bilan shartnomasini uzaytirishdan voz kechmoqchi, kelasi yozda esa «Barselona»ga bepul o'tishni rejalashtirmoqda. Futbolchining agenti allaqachon kataloniyaliklarga Felishning xohishini yetkazgan.

Oldinroq hujumchi ochiqchasiga Evropaga qaytish va Chempionlar ligasida o'ynashni xohlayotganini aytgan. Hozircha o'yinchi va «ko'k-qizillar» o'rtasida muzokaralar o'tkazilmagan.

Felish 2023/24 mavsumda «Barselona»da ijarada o'ynagan. U shu vaqt ichida 44 o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 6 ta assist berdi.