«Barselona» jamoasining bosh murabbiyi Hans-Diter Flik La Liga 12-tur doirasida «Selta»ga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda (4:2) jamoasining g‘alabasi haqida fikr bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Uchrashuvda 37 yoshli Robert Levandovski het-trik qayd etdi, yana bir golni Lamin Yamal kiritdi. Flikning so‘zlariga ko‘ra, birinchi bo‘limda jamoa ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ygan, ammo tanaffusdan keyin o‘yin yaxshilangan.
U doimiy bosim o‘tkazish muhimligini ta’kidladi va bugungi o‘yinda jamoa aynan shunday harakat qilganidan mamnunligini bildirdi. O‘yinchilarning ikkinchi bo‘limdagi chiqishi ham ularni qoniqtirganini, bu esa kiyinish xonasida aniq sezilganini aytdi.
Flik bu o‘yinni jamoa uchun ajoyib kecha deb baholadi va ularning ruhiyati yuqori ekanini ta’kidladi. Hozirda «Barselona» Ispaniya chempionatining jadvalida 28 ochko bilan ikkinchi o‘rinda turibdi.
Madriddagi «Real»dan farq atigi uch ochkoga kamaygan.