«Real» yangi o‘yinchilarni taqdim etishda davom etmoqda. Yakshanba kuni madridliklar saytida hujumchi Karlos Espining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Futbolchi «suvli»larning prezidenti tomonidan 19-raqamli futbolka bilan taqdirlandi. Bundan tashqari, Espi esdalik sovg‘alarini ham oldi.
Qiziq tomoni shundaki, «Real» Karlos Espini klubda debyut qilganidan bir kun o‘tib taqdim etdi. «Espanyol»ga qarshi o‘yinda Espi zaxiradan maydonga tushib, g‘alaba golini urdi.
21 yoshli Espining «Real» bilan shartnomasi 2031 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Madrid klubiga hujumchi «Levante»dan o‘tdi.
