Yakshanba kuni ayollar o'rtasidagi «el klasiko» bo'lib o'tdi – «Kamp Nou»da «Barselona» va «Real» ayollar jamoalari to'qnash kelishdi. Futbol maydonida haqiqiy kurash bo'lmadi – «ko'k-qizillar» 7:0 hisobida g'alaba qozondilar.
Birinchi bo'limda «Barselona» futbolchilari beshta javobsiz gol urishdi, ikkinchi bo'limda esa yana ikkita gol urishdi. Klaudiya Pina to'rt marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi – u «Real» darvozasiga 4-, 28-, 32- va 45-daqiqalarda gol urdi.
«Barselona» ayollar jamoasi joriy Ispaniya chempionatida o'tgan oltita o'yinda ham g'alaba qozonib, umumiy hisobda 28:2 ko'rsatkichga erishdi.
Erkaklar jamoalari «Barselona» va «Real» «Kamp Nou»da yaqin orada – 25-oktabr kuni o'ynaydilar.
«Barselona» (ayollar) - «Real» (ayollar) - 7:0 (5:0)
Gollar: Pina, 4 - 1:0, Pina, 28 - 2:0, Pina, 32 - 3:0, Hansen, 33 - 4:0, Pina, 45 - 5:0, Pajor, 55 - 6:0, Shertenlayb, 88 - 7:0.
