Hujumchi Xulian Alvarez «Atletiko»da bo‘lishni xohlamayotgandek ko‘rinmoqda. Yakshanba kuni La Liga doirasida «Vilyarreal»ga qarshi o‘yinga u tushkun ko‘rinishda keldi. Alvarezning yuz ifodasi El Chiringuito TV dasturida e'tiborni tortdi.

Shundan so‘ng, ijtimoiy tarmoqlarda uning qizg‘in mashg‘ulot paytida tushirilgan videolari ham paydo bo‘ldi – ularda ham Alvarez g‘amgin ko‘rinadi.

Esda tuting, Xulian Alvarez «Vilyarreal»ga qarshi o‘yinda zaxiradan o‘yin boshladi. O‘yinni matnli translyatsiya orqali LiveResult’da kuzatishingiz mumkin.

Ma'lumki, «Atletiko» Alvarezni «Barselona»ga sotishdan bosh tortmoqda.