«Barselona» jamoasining bosh murabbiyi Hans-Diter Flik La Liga doirasidagi «Selta»ga qarshi safardagi o‘yindan oldin jurnalistlar bilan suhbatlashdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Germaniyalik mutaxassisdan yarim himoyachi Gavi haqida so‘rashdi. Gavi sentabr oyida tizzasidagi muammo sabab jarrohlik amaliyoti o‘tkazgan edi.
21 yoshli futbolchining maydonga qaytishi bahorga yaqin kutilmoqda. Flik matbuot anjumanida, “Albatta, uning biz bilan birga bo‘lishini o‘ylash yoqimli.
U juda muhim o‘yinchi – uning munosabati va ruhiyati hammaga namuna bo‘la oladi. U qaytganidan juda xursand bo‘laman, bu nafaqat uning, balki klub uchun ham katta voqea.
Hozir esa faqat sabr bilan kutishimiz kerak”, deb ta’kidladi. Hozirda «Barselona» La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Flik jamoasi «Real»dan besh ochko kam to‘plagan. Jamoa mavsum davomida yuqori natijalarga erishish uchun harakat qilmoqda.