Madriddagi Realning bosh murabbiyi Jozef Mourinyo jamoaning yulduzi Kilian Mbappe darajasini baholadi.

Portugaliyalik mutaxassis iyun oyida Alvaro Arbeloani almashtirib, klubga qaytgan. Fransuz hujumchisi 2024 yildan beri «oq-qora»lar safida o'ynaydi.

Mbappe ajoyib. Men uni mashg'ulotlarda ko'rganimda kulaman, chunki u juda yaxshi. Bu stratosfer darajasidagi o'yinchi.

Kilian 14 avgustda [ta'tildan] qaytishi kerak edi, lekin ikki kun oldin paydo bo'ldi – bu ko'p narsani anglatadi. Men o'z o'yinchilarimdan aynan shunday munosabatni kutyapman», – dedi Mourinyo El Chiringuito dasturida.

Shanba kuni Real «Espanyol»ga qarshi La Liganing birinchi turida safar o'yinini o'tkazadi.