Madridning Real jamoasining yarim himoyachisi Arda Guler Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi Vinchenzo Montellaning ishdan ketishi haqida fikr bildirdi. Italiyalik mutaxassisning ishdan olinishi haqida juma kuni e'lon qilindi.

“Mister, sizga hamma narsangiz uchun rahmat. Sizning ishonchingiz va qo'llab-quvvatlashingiz men uchun har doim juda muhim bo'lgan. Biz Turkiya terma jamoasi bilan unutilmas daqiqalarni boshdan kechirdik va men bu ajoyib xotiralar uchun har doim minnatdor bo'laman. Siz bilan ishlash juda yoqimli edi. Sizga va jamoangizga kelajakda eng yaxshi tilaklarimni bildiraman”, – deb yozdi Guler ijtimoiy tarmoqlarda.

Vinchenzo Montella 2023 yil sentyabridan beri Turkiya milliy jamoasini boshqarayotgan edi.