«Manchester Yunayted»ning sobiq o'yinchisi Ueyn Runi o'z vaqtida «Barselona»ga o'tish imkoniyatini ko'rib chiqqanini aytdi.

- Men «Barselona»da o'ynashni juda xohlaganman. Ular bizni Chempionlar ligasi finalida mag'lub etishdi va ularning o'ziga xos to'qqizinchi raqami yo'q edi. O'sha jamoada o'ynash men uchun oson bo'lardi, men juda yaxshi moslashardim, - deydi Runi Sport.es saytiga bergan intervyusida.

Sobiq hujumchi shuningdek, o'tish imkoniyati haqiqatan ham mavjudligini tasdiqladi.

- Bunday imkoniyat bor edi, lekin moliyaviy jihatdan hammasi qiyin edi, - qo'shimcha qildi Runi.

Ueyn Runi «Manchester Yunayted»da 2004 yildan 2017 yilgacha o'ynadi. Angliya klubida u besh marta Premer-ligani yutdi va Chempionlar ligasining g'olibi bo'ldi.