«Atletiko»ning bosh murabbiyi Diego Simeone Ispaniya chempionatida Alaves ustidan (2:1) qozonilgan g'alabani sharhladi.

«Qizil kartochka muhim ko'rinishi mumkin, lekin bu vaziyatni yanada qiyinlashtirdi, chunki ular yanada kuchliroq bosim o'tkazdilar. Biz gol urish uchun qattiq mehnat qildik. Biz xohlagan va kerak bo'lgan g'alabani qo'lga kirdik», — deya Simeonenig so'zlarini keltiradi Marca.

«Alaves» hujumchisi Anxel Perez 61-daqiqada to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olib, jamoasini kamchilikda qoldirdi.

Sakkizta o'yindan so'ng «Atletiko» 19 ochko to'plab, jadvalda ikkinchi o'rinda turibdi. «Alaves» esa 11 ball to'plab, oltinchi o'rinda joylashgan.