Yarim himoyachi Fermin Lopes Ispaniyaning to'rtinchi darajadagi klubi «Linares»da o'tkazgan ijarasini esladi.
«Sizga rostini aytsam, to'rt yil oldin men «Barselona»ga qaytmayman deb o'ylagandim. Men o'sishim va Segundaga o'tishim haqida o'ylardim. Lekin men «Barselona»ga qaytishim va asosiy o'yinchi bo'lishimni o'ylamagan edim», — dedi Lopes diariARA bilan bo'lgan intervyusida.
Lopes 2016 yildan beri «ko'k-qizillar» tizimida faoliyat yuritmoqda. U barcha vaqt davomida asosiy jamoada 136 o'yin o'tkazdi, 32 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va 28 marta hamkasblariga assistentlik qildi.
Hozirgi kunda Lopesning «Barselona» bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2031 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt mutaxassislari yarim himoyachini 100 million evroga baholamoqda.
