«Barselona» futbolchisi Fermin Lopes «Atletiko» hujumchisi Julian Alvaresning katalon klubiga o'tishi haqida fikr bildirdi.

«Menga Alvares yoqadi. U ajoyib futbolchi, lekin hozir u Madridning «Atletiko» klubida o'ynaydi. Faqat shuni ayta olaman-ki, u «Barselona»ga mos keladi», — deya Lopesni diariARA iqtibos keltirmoqda.

Transfer oynasi davomida «Barselona»ning Alvaresni sotib olish istagi haqida mish-mishlar tarqalmoqda, ammo «Atletiko» o'z hujumchisini raqibga berishga tayyor emas.

2025/26 yilgi mavsumda argentinalik gol uruvchi raqib darvozasiga 49 o'yinda 20 gol urdi. Shuningdek, u to'qqizta golli uzatma berdi.