Joao Kanselu «Al-Hilal»dan chiqishga tayyor va «Barselona»ga o'tishga niyat qilmoqda. Avvalroq xabar berilganidek, portugaliyalik futbolchi saudiyalik klub bilan shartnomasini bekor qilishga yaqin. Insider Fabrizio Romano ma'lumotlariga ko'ra, «ko'k-qizillar» himoyachi bilan tez orada shartnoma imzolashga ishonch hosil qilgan – uning qaytishi kelasi haftaga rejalashtirilgan.
O'tgan mavsumning ikkinchi yarmida «Barselona»da ijarada o'ynagan Kanselu 23 o'yinda ikki gol urdi va to'rt golli uzatma berdi. Shuningdek, u 2023/24 yilgi mavsumda ham «Barselona»ni himoya qilgan – bu safar «Manchester Siti»dan ijarada bo'lgan.
