«Barselona»ning braziliyalik hujumchisi Rafinya Dias sentyabr oyida Flashscore'da dunyodagi eng ko'p ko'rilgan futbolchi bo'ldi. Buni Barca Universal ma'lum qildi.

Ma'lum qilinishicha, sentyabrda Rafinyaning profili 4,24 million marta ko'rilgan, Lamin Yamal esa 3,94 million ko'rish bilan ikkinchi o'rinni egalladi. Uchinchilikni «PSJ» hujumchisi Ferran Torres (2,5 million) qo'lga kiritdi.

Shuni ta'kidlash joizki, «Barselona» platformada 10,6 million ko'rish bilan eng ko'p ko'rilgan klub bo'lib qoldi.

Yangi mavsumda Rafinya allaqachon sakkizta o'yinda 14 gol urib, uchta assist bergan.

«Barselona» Ispaniya La Ligasi jadvalida 24 ochko to'plab, yetakchilik qilmoqda.