Madridning Xulian Alvares hujumchisi o'zining xulq-atvori uchun afsuslanmoqda.

Argentinalik futbolchi Barselonaga o'tishni xohlagan, ammo «matraschilar» qat'iy turishdi – ular «ko'k-qizillar» bilan muzokara o'tkazishni rejalashtirmagan. El Larguero ma'lumotlariga ko'ra, Alvares jamoa hamkasblariga xato qilganini aytgan. 26 yoshli futbolchi o'zini noto'g'ri tutganini birinchi marta tan oldi. Shuningdek, hujumchi, «Atletiko»da qolganicha 100% kuch bilan o'ynashda davom etishini ta'kidlagan.

Agar mish-mishlarga ishonilsa, «Barselona» hali ham yozgi transfer oynasi yopilguncha Xulian Alvaresni qo'shib olish umidida.