«Barselona» himoyachisi Pau Kubarsi 2026-yilgi Golden Boy mukofotiga da'vogarlar reytingini boshqarayapti. Ushbu mukofot yilning eng yaxshi yosh futbolchisiga beriladi. Bu haqda Ispaniyaning Sport nashri xabar bermoqda.

Yangilangan reytingda 19 yoshli Kubarsi o'z jamoadoshi Lamine Yamaldan 700 ballga oldinda turibdi. Yamal 2024-yilda ushbu mukofotni qo'lga kiritgan edi. Uchunchi o'rinda Madridning «Real» jamoasining yangi o'yinchisi Yan Diomande joylashgan.

Eng ko'p talantlar Angliya chempionatida to'plangan - 26 nafar. Eng ko'p vakillar bilan top-100da «Portu» 5 o'yinchi bilan yetakchilik qilmoqda.

Golden Boy-2026 mukofoti 26-oktabrda Londonda taqdim etiladi. Mukofotga 2006-yilda va undan keyin tug'ilgan, 25 ta eng kuchli evropa chempionatlarida o'ynayotgan futbolchilar da'vogarlik qilmoqda.