«Barselona» jamoasining markaziy himoyachisi Andreas Kristensen yuqori ehtimol bilan kelasi yozda klubni tark etadi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Diario Sport nashri xabariga ko‘ra, jamoa rahbariyati 29 yoshli daniyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas. Buning asosiy sababi uning tez-tez sog‘liq muammolariga duch kelayotgani hisoblanadi.

Yaqinda Kristensen avvalgi jarohatidan tiklangach, yana yangi jarohat oldi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarni hisobga olganda to‘qqizta o‘yinda maydonga tushdi, ammo gol yoki assist qayd etmadi.

Futbolchining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 12 million yevro atrofida baholanmoqda.

Shu sababli klub uni sotib yuborishni yoki shartnomani uzaytirmaslikni ko‘rib chiqmoqda.