Madridning “Real” jamoasining sobiq bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yaqindagi Vinisius Junior bilan bog‘liq mojaro haqida fikr bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Braziliyalik hujumchi “Barselona”ga qarshi o‘yinda almashtirilgach, ochiqchasiga norozilik bildirdi va jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso bilan bog‘liq tanqidlarni aytdi. Shundan keyin matbuotda o‘yinchi va murabbiy o‘rtasidagi munosabatlarning tarangligi haqida mish-mishlar tarqala boshladi.

Bu voqea yulduz futbolchining klubni tark etishi haqida yangi gap-so‘zlarga sabab bo‘ldi. Anchelotti press-konferensiyada Vinisiusning almashtirilishiga reaksiyasi haqida shunday dedi: “Men Vinisius bilan o‘sha vaziyatni muhokama qildim.

Uning xato qilganini o‘ylayman va buni unga ochiq aytdim. U o‘z xatosini anglab, uzr so‘radi.

Shuning uchun muammo hal bo‘lgan deb hisoblayman.” Hozirda Anchelotti Braziliya terma jamoasini boshqaradi. Eslatib o‘tamiz, italiyalik mutaxassis joriy yil may oyining oxirida “Real”dan ketgan edi.