«Barselona» tarkibini kuchaytirish ustida ishlashda davom etmoqda. Kataloniyaliklarning ustuvor maqsadi Madridning «Atletiko» jamoasining hujumchisi Xulian Alvarezdir. Jurnalist Jera Rumeroning ma'lumotlariga ko'ra, «ko'k-qizil»larning bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoada Viktor Osimhen, Dushan Vlahovich yoki Lautaro Martinesni ko'rishni xohlamaydi – unga faqat Alvarez kerak. Agar «matraschilar» yulduzining transferi amalga oshmasa, nemis murabbiyi klub rahbariyatidan boshqa yulduz hujumchini so'ramaydi.

«Barselona»dan yaqin kunlarda Ferran Torres ketadi – u «PSJ»ga o'tmoqda. Shuningdek, o'tgan mavsum oxirida jamoadan Robert Levandovski ham ketdi.