Statistika kompaniyasi Opta superkompyuteri 2026-27 yilgi La Liga mavsumining natijalarini 10 ming marta modellashtirib, Ispaniya chempioni kim bo'lishini aniqladi. Hisob-kitob natijalari The Analyst portalida e'lon qilindi.

Oltin medal uchun asosiy favorit «Barselona» hisoblanadi. Unga muvaffaqiyat ehtimoli 45.6% deb baholangan. Keyingi o'rinda Madridning «Real» klubi 31% ko'rsatkich bilan turibdi, uchinchi o'rinda esa «Atletiko» (8,6%) joylashgan. «Vilyarreal» 3,3% va «Betis» 2,1% bilan o'z o'rinlarini egallashgan.

Yana bir muhim ma'lumot, chetga chiqishi mumkin bo'lgan jamoalar sifatida «Deportivo», «Elche» va «Sevilya» nomlari keltirilgan.

O'tgan mavsumda chempionlikni «Barselona» qo'lga kiritdi, u Madridning «Real» klubidan 8 ochko oldinda bo'ldi. Uchinchi o'rinda «Vilyarreal» joylashdi.