«Barselona»ning bosh murabbiyi Hans-Diter Flik yarimhimoyachi Frenki de Jongni markaziy himoyachi pozitsiyasiga o‘tkazmoqchi. 

Nemis mutaxassisi allaqachon gollandiyalik futbolchini himoya chizig‘ida sinab ko‘rmoqda, deb xabar bermoqda Touchline Ispaniyaning Sport nashriga tayanib. Bunday tajribalar olib borishning sababi, katalon klubidagi yarimhimoyada yuqori raqobatdir. O‘ringa Pedri, Rodri, Gavi, Fermin Lopes, Dani Olmo va Mark Bernal da da’vogarlik qilmoqda. Shu sababli murabbiylar shtabi de Jongni boshqa usullarda ishlatish imkoniyatlarini izlamoqda. 

De Jong joriy mavsumda maydonga tushmagan. U 2019 yildan beri katalonlar safida o‘ynaydi va uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.