Madridning «Real» jamoasi Ispaniya chempionatining 11-turida «Valensiya»ga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda 4:0 hisobida katta g‘alabaga erishdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Ushbu uchrashuvda jamoaning yarim himoyachisi Arda Gyuler maydonga tushdi. Bu o‘yin yarim himoyachi uchun «Qirollik klubi» sharafini himoya qilgan 75-mavsum bo‘ldi.

Diario AS nashrining xabar berishicha, «Real» ushbu o‘yindan so‘ng «Fenerbaxche» klubiga ikki million yevro miqdorida bonus to‘lashi lozim. Arda Gyuler 2023-yil yozida Madrid jamoasiga kelib qo‘shilgan.

U hozirga qadar 75 o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 17 ta golga uzatma berdi. Uning amaldagi shartnomasi 2029-yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan bo‘lib, bozor qiymati 60 million yevroni tashkil etadi.