Napadachi «Atletiko» Xulian Alvares Madrid klubini «Barselona»ga o'tishga ruxsat berishga ishontirmoqchi.

AS ma'lumotlariga ko'ra, Alvares «Atletiko»dan ketish istagini omma oldida bildirmaydi. Jamoaga qaytgach, avval Diego Simoenoni bilan, keyin esa klub rahbariyati bilan suhbatlashishni rejalashtirmoqda. Muzokaralar davomida forvard «Atletiko»dan ketishni xohlayotganini va keyingi klub sifatida faqat «Barselona»ni ko'rayotganini aytmoqchi.

Biroq, madridliklar o'zlarining kalit futbolchilaridan birini yo'qotishga qarshi. Shu bilan birga, «Barselona» bitimning moliyaviy shartlarini yaxshilashga tayyor. Avvalgi taklifda kataloniyaliklar argentinalik futbolchi uchun 100 million evro taklif qilgan bo'lsa, endi 120 million evro taklif qilishni rejalashtirmoqda.