Madridning «Real» klubi Lionel Messiga otasi Xorxe Messining vafot etgani munosabati bilan murojaat qildi.

Ispaniya klubi rasmiy bayonot e'lon qilib, argentinalik futbolchiga, uning oilasiga va yaqinlariga ta'ziya bildirdi.

- «Real Madrid», klub prezidenti va direktorlar kengashi Xorxe Messining, Leo Messining otasi, vafot etgani munosabati bilan chuqur qayg'urmokda. Bizning klubimiz Leo, uning oilasi va barcha yaqinlariga ta'ziya bildiradi, - deyiladi madridlik klubning bayonotida.

Xorxe Messi ko'p yillar davomida o'g'lining manfaatlarini himoya qilib, uning karerasi bilan bog'liq masalalar bilan shug'ullangan. Uning vafoti haqida bugun, 8-avgustda ma'lum bo'ldi.