Madriddagi Atletiko hujumchisi Xulian Alvares tez orada klub rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazadi.

Argentinalik futbolchining «matraschilar» rahbarlari bilan shaxsiy suhbat 10-avgustda bo'lib o'tadi, deb xabar beradi jurnalist Xeraard Romero. Shunga o'xshash ma'lumotni ESPN Argentina ham taqdim etdi: forvard dushanba kuni klubga qaytadi, lekin ochiqchasiga murabbiy Diego Simeone va rahbariyatga «Barselona»da o'ynashni xohlayotganini bildiradi.

«Ko'k-qizillar» Xulian Alvares uchun 100 million evro taklif qilgan. Atletiko muzokaralarni o'tkazishdan bosh tortmoqda, ammo taklif hali ham amal qiladi. 26 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan.