«Barselona» yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin «Al-Hilal» himoyachisi Joau Kanseluni qo'lga kiritishiga ishonch bildiradi.
Insayder Fabrizio Romano o'z sahifalarida yozishicha, katalon klubi «Al-Hilal» bilan transfer summasi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Klublar o'rtasida hali kelishuvga erishilmagan bo'lsa-da, «Barselona» bu bitimning muvaffaqiyatli yakunlanishiga shubha qilmaydi. Shuningdek, portugaliyalik futbolchi faqat «Barselona»da o'z karerasini davom ettirishni xohlaydi va boshqa variantlarni ko'rmayapti.
Kanselu avval «Barselona»da ijarada o'ynagan. U «sine-granatoviylar» safida 65 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urgan va 9 ta golli uzatma bergan.
