«Hetafe» va «Rayo Valekano» Ispaniya chempionatining to'qqizinchi turida g'olibni aniqlay olmadi. O'yin 1:1 hisobida tugadi.
Mehmonlar hisobni 11-daqiqada ochdilar. Alvaro Garciya imkoniyatdan foydalanib, «Rayo Valekano»ni oldinga olib chiqdi. Uy egalari o'yin davomida qiyin ahvolda qoldilar: 29-daqiqada Djene qizil kartochka oldi va «Hetafe» kamchilikda qoldi.
Raqqibning son jihatidan ustunligiga qaramay, «Hetafe» ikkinchi taymda hisobni tenglashtira oldi. 57-daqiqada Martin Satriano to'pni «Rayo Valekano» darvozasiga jo'natdi va tenglikni tikladi. Qolgan vaqtda jamoalar hisobni o'zgartira olmadilar.
