«Real» 2026/2027 yilgi mavsumga tayyorgarlik ko'rmoqda. Chorshanba kuni ertalab hujumchi Viniyus Junyor klub bazasiga yolg'iz kelmadi, balki o'z agenti bilan birga keldi. Bu haqda The Touchline xabar bermoqda.

Shuningdek, klubning bosh direktor Xose Anxel Sanches ham bazaga kelgani qayd etilgan. Aydin bo'lib turibdiki, klub futbolchi bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha yana bir muzokara o'tkazadi.

Oldinroq matbuotda chorshanba kuni Viniyus va «Real» o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tishi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi.

Viniyusning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalarigacha davom etadi. OAVda muzokaralarda moliyaviy shartlar bo'yicha turli pozitsiyalar sababli muammolar haqida ko'p yozilgan.