11-tur La Liga doirasida "Xetafe" jamoasi "Jirona"ni qabul qildi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

O‘yinning dastlabki daqiqalarida jamoalar o‘zaro teng o‘yin ko‘rsatib, aniq vaziyatlar yaratolmadilar. 73-daqiqada Luis Milyaning markazidan Mario Martin bosh bilan to‘pni darvozaga yo‘naltirib, hisobni ochdi.

Bu gol o‘yinni jonlantirdi. Qarshi hujumda "Jirona" hujumchisi Vladislav Vanat darvozaga zarba berdi, lekin "Xetafe" darvozaboni ajoyib harakat bilan to‘pni to‘sdi.

O‘yinning oxirgi daqiqalarida Aleks Sankris Borxa Mayoralga uzatma berdi, u esa jarima maydonida aniq zarba berib, hisobni 2:0 ga yetkazdi. Mehmonlar esa o‘yinda obro‘ golini urishga muvaffaq bo‘ldilar.

Vanat jarima maydonida to‘xtatildi va penalti zarbasini Kristian Stuaning aniq zarbasi darvoza sohibini aldab, hisobni 2:1 ga keltirdi. Yakunda "Xetafe" 6-o‘rinni egalladi, "Jirona" esa musobaqa jadvalida oxirgi o‘rinlarni bo‘lishmoqda.

O‘yin 31-oktabr kuni "Kolizeum" stadionida o‘tkazildi.