«Barselona»ning bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Lamina Yamalning hujumdagi pozitsiyasi haqida fikr bildirdi. Nemis murabbiy Yamalni doimiy ravishda soxta «to'qqiz» sifatida ishlatmoqchi emas.

«Barselona» uchun Ispaniya chempionati 23-avgustda boshlanadi. Ushbu kunda Hans-Diter Flik jamoasi «Elche»ga qarshi safarda o'yin o'tkazadi.