Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» klubi «Real» futbolchisi Braim Diazni qo'lga kiritishga qiziqmoqda va uning uchun 25 million evro taklif qilishga tayyor. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

«Al-Ittihod» hujumning o'ng qanotini kuchaytirishni maqsad qilgan va marokashlik futbolchini asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida ko'rmoqda. 

Joriy mavsum boshidan marokashlik futbolchi Madridning hujumidagi yuqori raqobat sababli kutganidan kamroq o'yin vaqti olmoqda. Shunga qaramay, manbaga ko'ra, Diaz «Real»da qolishni va asosiy tarkibda o'z o'rni uchun kurashni afzal ko'rmoqda.

Diazning «Real» bilan shartnomasi 2027 yilning iyunigacha amal qiladi. Hozirda klublar o'rtasida rasmiy kelishuv yo'q