Hafta oxirida Ispaniyaning La Ligasi doirasida katta o'yin bo'lib o'tadi – «Barselona» va «Real» o'rtasida. Dastlab, sudyalar qo'mitasi «Kamp Nou»da Ernandes Ernandes boshchiligidagi jamoani tayinlagan edi. Ushbu ma'lumotning tarqalishi ortidan Joze Mourinyo bunday qarorga qarshi chiqdi. Shundan so'ng, sudyalar qo'mitasi sudyani o'zgartirishga qaror qildi. Bu haqda The Touchline nashri Marca'ga tayanib xabar bermoqda.

Umuman olganda, «El Clasico»da Ernandes Ernandes emas, balki boshqa bir sudya ishlaydi. Uning ismi yaqin kunlarda e'lon qilinadi.

«Barselona» va «Real» 25-oktabr, yakshanba kuni o'ynaydi. O'yin boshlanishi Moskvada soat 23:00 da bo'ladi.