Flangli himoyachi Joau Kanselu «Barselona» futbolchisi bo'ladi. The Touchline'ning xabariga ko'ra, «Al-Hilal» 32 yoshli portugaliyalikning o'tishiga «yashil chiroq» yoqdi. Endi saudiyaliklar «ko'k-qizillar» bilan muzokaralarning tugashini kutmoqda.

Joau Kanseluning «Barselona»ga o'tish summasi taxminan 10 million evroni tashkil etadi.

2025/2026 mavsumining ikkinchi qismida Kanselu «Barselona»da ijarada o'ynagan. «Ko'k-qizillar» safida 65 o'yinda portugaliyalik 6 gol va 9 assist qayd etdi.

«Barselona» yangi mavsumni 23 avgustda «Elche»ga qarshi La Ligada o'tkaziladigan mehmonlik o'yini bilan boshlaydi.